Maqsad va vazifalar

service icon

Kichik biznes bo'yicha maslahatlar

"Kichik biznes bo'yicha maslahatlar" dasturining (keyinchalik "Dastur") asosiy maqsadi bu 2017 yil 16 mart kuni O'zbekiston Respublikasi hukumati hamda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YeTTB) o'rtasida imzolangan O'zaro Hamkorlik Memorandumiga asosan O'zbekistonda kichik va o'rta biznesni (O'KB) yanada rivojlantirishdan iborat.

service icon

Ikkita ustuvor yo'nalish

Dastur ikkita ustuvor yo'nalishlarga ega: (1) O'KB raqobatbardoshligini oshirish va ularni moliyalash imkoniyatlarini yaratish hamda (2) ushbu tadbirkorlik subyektlari uchun mahalliy konsultativ xizmatlari infrastrukturasini mukammallashtirish. Bunda Bank faoliyati turli bilim va ko'nikmalar egallashda kuzatilayotgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratiladi. Misol uchun, eksport manfaatdorligi yoki moliyaviy yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini ta'kidlash joiz.

service icon

Moliyalashtirish

Bank O'KB subyektlarini moliyalashtirishda nafaqat bozorda to'g'ridan-to'g'ri liderlikka ko'tariladigan tadbirkorlar uchun balki hamkor-banklar tomonidan ajratiladigan kredit tizimlari yordamida rivojlanishi mumkin bo'lganlarni ham nazarda tutadi. Bunda istiqbolli kichik va o'rta biznes vakillarini moliyalashtirish va ularga beriladigan maslahatlar kelgusida korxona taraqqiyoti va rivojlanish ko'rsatkichlarini belgilab beradi. Undan tashqari, bank potensial investitsiyani qtisodiyotning barcha sektorlariga yo'naltirishga harakat qiladi.

Tanlash shartlari

Benefitsiarni tanlash shartlari.

YeTTB quyidagi shartlar va kriteriyalarga ko'ra O'KB uchun nou-hau egaligini taqdim etishni rejalashtirgan:

  "O'KB plus" - YI tomonidan belgilangan standartga ko'ra O'KB vakili bo'lish uchun korxona 250 nafar hodimga ega bo'lishi kerak, lekin YeTTB 500 nafargacha hodimga ega kompaniyalarni qo'llab-quvvatlaydi.

  Mol-mulkka egalik: Kapitalning aksariyat qismi xususiy shaxslarga tegishli bo'lishi, faoliyat olib boruvchi kompaniyaning o'sha mamlakatda joylashuvini va ro'yxatdan o'tishini ta'minlaydi. YeTTB asosan ta'sischilari mahalliy fuqarolardan tashkil topgan kompaniyalarni qo'llab-quvvatlaydi, shu bilan bir qatorda YeTTB faoliyat olib borayotgan mamlakat fuqarolari bo'lsa ham ushbu shart bir hisobdan bajariladi.

 Faoliyat yo'nalishi: Barcha sohalarda, faqat harbiy yo'nalishlar mo'ljallangan, tamaki mahsulotlari va azart o'yinlar bundan mustasno.

 Kompaniya yoshi: Ikki yildan ortiq vaqt davomida muvaffaqiyatli va samarali faoliyat.

 Majburiyat: Kompaniyalar loyiha bilan bog'liq barcha majburiyatlarni, shu jumaldan barcga moliyaviy resurslarni jalb etishni ham o'z bo'yniga olishi kerak.




Konsultant va ekspertlarni tanlash shartlari.

  YeTTB saralab olingan ekspertlar va mahalliy konsalting kompaniyalar bilan hamkorlikda ish tashkil etadi

  Bank har bir maslahatchi kompaniyalarni o'rganib chiqadi hamda uning ishonchlilik darajasini belgilaydi.

 Muhim jihatlardan biri shundaki, bank har bir tanlangan ekspert va konsultantlar darajasining yuqoriligiga va xizmat ko'rsatishda ham maksimal sifatga erishishiga ishonishi kerak.

 Shuningdek, bank saralangan konsultantlarga professional rivojlanishda treninglar o'tkazish yoki shunga o'xshash boshqa imkoniyatlarni ham taqdim etadi.

Dastur mazmuni



  Ushbu dastur doirasida YeTTB O'zbekistondagi kichik va o'rta biznes vakillari uchun mahalliy va xalqaro ekspertlardan olinadigan nou-haularga ega bo'lgan grantlar ajratadi. Shuningdek, O'KB bo'yicha bozor va tarmoqlar rivojlanishi uchun turli tadbirlar tashkil etadi.

   YeTTB hozirgi kunda 26 davlatidatadbiq etilayotgan kichik biznes bo'yicha konsultatsiya dasturi metodologiyalarini qo'llab-quvvatlaydi. Dasturda grant komponent mavjud bo'lib, YeTTB taqdim etayotgan grantlar (qoida bo'yicha 20 000 Yevro miqdorida) orasida mahalliy konsultantlar ko'rsatgan xizmatlari bo'yicha bo'lgan xarajatlarning bir qismini (qoida bo'yicha 75% gacha) qoplash kiradi.

  YeTTB "biznes-rejalash" va "eksport potensialini oshirish" kabi aniq biznes loyihalar masalalarida mahalliy maslahat markazlari bilan konsalting xizmatlarini amalga oshirgan va shuni maqsad qilgan kompaniyalarga ko'maklashishni rejalashtirgan.

  Har bir loyihani monitoringini loyiha davomiyligida kelishilgan holda uni butun faollashtirish muddatida yuritib boriladi.

Statistika



funfact images
250

Baxtli haridorlar

funfact images
350

To'liq loyihalar

Loyihani amalga oshirish davri

YeTTB har bir konsultativ loyihani uni faollashtirish davrida monitoringini olib boradi va bu bilan Bank siyosati va tegishli jarayonlarni ta'minlaydi hamda amalga oshirilayogan xizmat sifatini baholab boradi. Shu bilan birga, YeTTB istalgan vaqtda loyihani bekor qilish huquqiga ega.

Ariza berish

Tadbirkor barcha kerakli hujjatlarni taqdim etgan holda YeTTBga murojaat qiladi. YeTTB tanishib chiqadi va arizani tasdiqlaydi. Bank har bir kompaniya haqidagi barcha ma'lumotlarni, mijozlarning ishonchliligini, tijoriy va siyosiy qiziqishlar darajasini, ta'sischilar va mulkdorlar ma'lumotlarini tekshiradi.

 Loyihani ishlab chiqish

YeTTB mijoz bilan birgalikda loyihaga ehtiyojini belgilaydi. Mijoz mahalliy konsultantlar orqali ushbu loyiha bo'yicha tegishli bilim va uni amalga oshirish haqida batafsil ma'lumotlar bilan tanishtiriladi. Loyihaning tehnik spesifikatsiyasi bank tasdig'i bilan amalga oshiriladi.

 Kelishuvni imzolash

Mijoz konsultant bilan konsultatsiya xizmati bo'yicha kelishuvni imzolaydi. Undan tashqari, mijoz va YeTTB ham taqdim etiladigan grant bo'yicha kelishuvni imzolashadi.


 Loyihani amalga oshirish

Konsultant loyiha bo'yicha ish olib boradi. YeTTB butun loyiha muddati davomida monitoring qilib boradi hamda tegishlicha qo'llab-quvvatlaydi.

 Grant taqdim etish

Mijoz loyihani to'liq muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini tasdiqlaydi va konsultant xizmatlari uchun to'lovni to'liq o'tkazib beradi. Xizmat sifati va loyiha miqyosini tekshirib, aniqlashtirib olgandan so'ng, YeTTB mijozga grantni taqdim etadi, huddi yuqorida ta'kidlanganidek loyiha bo'yicha ketgan xarajatlar qismini belgilagan holda.

 Baholash

Loyihani ishga tushirgach, bir yildan so'ng YeTTB mijozga murojaat qilib olingan natijalarni tekshiradi. Bunda OESR baholash metodikasiga ko'ra baholash o'tkaziladi. Monitoring effektivlik, loyihaning samaradorligi va taraqqiyoti masalalari bilan chambarchas bog'liq.

Dasturni ishga tushirish

Dastur to'liq ravishda YeTTB tomonidan amalga oshiriladi va boshqariladi. Dasturni boshlashdan oldin, Bank faoliyat koordinatorligi uchun qiziquvchi tomonlardan guruh tashkil etishni rejalashtirgan. Ushbu guruh yilda bir martta YeTTB, O'zbekiston hukumati vakillari, Savdo Sanoat Palatasi kabi biznes assotsiasiyalar, donorlar, O'KB va boshqa hamkorlar bilan ushrashuv tashkil etadi.


Bu kabi uchrashuvlar yordamida boshqa mahalliy kompaniyalarni ham jalb etishi mumkin. Hamda dasturni amlga tadbiq etishda milliy strategiyalarga mos ravishda ta'minlash va turli hamkor tashkilotlar muvofiqlashuviga erishishi ko'zda tutilgan.









Har bir uchrashuvdan avval, YeTTB boshqa qiziquvchi shaxslar guruhlari bilan birgalikda Dasturni tadbiq etish bo'yicha yillik hisobotlar tayyorlaydi. Natijalar esa loyihada qatnashayotgan O'KB vakillari soniga ko'ra o'zgarib boradi.


O'KB sifatida qatnashayotgan kompaniyalarda moliyaviy yuksalishlar va bosahqa manbaalar hisobiga yillik pul aylanmasi va hodimlar soni foizi o'sib boradi; undan tashqari YeTTB olib borgan trening va malaka oshirish tadbirlarida qatnashganligi hisobiga mahalliy konsultantlar soni ham hamkorlik qilayotgan kompaniyalarga mutanosib ravishda foiz jihatidan birmuncha yuksalishiga ta'sir etadi.

Bizning hamkorlar